AQSHda yuz bergan tornado oqibatida besh kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

AQSHning Alabama shtatida tornado tufayli kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN okrug sherifi Kalxun Metyu Ueydga asoslanib xabar bergan. 

"Ko‘p sonli uylar zarar ko‘rdi, ko‘plab odamlar yaralandi va kamida besh kishi halok bo‘ldi", degan sherif. 

Bundan tashqari, u shtatning allaqachon zarar ko‘rgan hududlaridan o‘tishi mumkin bo‘lgan yangi bo‘ron haqida xavotirini bildirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 25 mart kuni Alabamada o‘n to‘rtta, Missisipida bitta tornado qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh tornado

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing