AQSHda yirik miqdorda neft okeanga oqib ketdi

Olam

image

AQSHning Kaliforniya shtatida neft qazib olish jarayonida Tinch okeaniga 3 ming barreldan ortiq neft to‘kilib ketdi. Oqibatda hudud flora va faunasiga jiddiy zarar yetgan. Bu haqda "ABC News" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 oktyabr kuni Janubiy Kaliforniya sohilida texnogen falokat – neft to‘kilishi ro‘y bergan. Hodisa shtat janubidagi Orinj okrugi hududida “Amplify Energy” kompaniyasi quvuridan neft oqishi tufayli sodir bo‘lgan. Voqea guvohlarining aytishicha, ofat oqibatida ko‘plab baliq va qushlar qurbon bo‘lgan.

AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda okeanga to‘kilgan neft qatlamining uzunligi qariyb 12 kilometrni tashkil etadi va neft sizishi hamon bartaraf etilmagan.

Hukumat ehtiyot chorasi sifatida hafta oxiriga rejalashtirilgan avia-shouni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Mahalliy aholiga ekologik ofat zonasini tark etish buyurildi.

PHOTO: Oil is seen on the beach in Huntington Beach, Calif., Oct. 3, 2021, after a pipeline breach.

AQSH Kongressi a’zosi Mishel Stil okeanga ko‘p miqdorda neft to‘kilgani sababli Prezident Jo Baydenni Kaliforniyaning Orinj okrugida katta ofat holatini e’lon qilishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, hukumatdan yordam jalb qilish va qo‘shimcha mablag‘ olish uchun bunday e’lon juda ham zarur. 

“Bugun men sizdan 2021 yil 2 oktyabrda Xuntington plyaji sohilida sodir bo‘lgan neft sizishi munosabati bilan Kaliforniya shtatining Orinj okrugi uchun katta ofat e’lon qilishingizni so‘rayman” deya yozgan Kongress a’zosi o‘z murojaatida.

PHOTO: A Marine Spill Response Corporation (MSRC) vessel, foreground, an oil spill removal organization (OSRO), deploys floating barriers known as booms to try to stop further incursion of an oil slick off Huntington Beach, Calif., Oct. 3, 2021.

PHOTO: Oil is seen on the beach in Huntington Beach, California, Oct. 3, 2021, after a pipeline breach.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh neft' Tinch okeani

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing