AQSHda yana otishma sodir bo‘ldi
Olam
−
10 iyun 2022
6351Kecha, 9 iyun kuni Amerikaning Smitsberg shahridagi (Merilend shtati) shirkatda otishma yuz berdi. Buning oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi va bir kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy politsiya bugun, 10 iyun kuni o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Politsiya bayonotida aytilishicha, ular tezlik bilan voqea joyiga yetib borgan va to‘rtta jabrlanuvchini aniqlagan, ulardan uchtasi joyida vafot etgan va bittasi og‘ir jarohat olgan.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kelishidan oldin qochishga harakat qilgan, biroq yo‘lda bir politsiya xodimi unga qarshilik qilgan. Ular o‘rtasida otishma yuz bergan, natijada har ikkisi ham yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 may kuni Texasning Yuvalde shahridagi maktabda otishma yuz bergandi. Oqibatda 19 nafar bola va ikki o‘qituvchi vafot etgan va hodisadan faqat bitta qiz qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Yana bir shunday otishma 22 may kuni AQSHning janubi-g‘arbida San-Bernardino shahridagi chilimxonada sodir bo‘lgan. Ushbu hodisada to‘qqiz kishi yaralandi, bir kishi esa vafot etadi. Guvohlarning aytishicha, otishma bino ichida boshlangan, keyin avtoturargohga ko‘chgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi