AQSHda vertolyot parvozdan so‘ng darhol qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
13:59 726 1 daqiqa
Kecha, 30 sentyabr kuni bortida besh kishi bo‘lgan tibbiy aviatsiya xizmati vertolyoti AQSHda suvga quladi. Ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda NBC4 telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, vertolyot Santa-Katalina orolidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay suvga qulagan. Bortda besh kishi bo‘lgan.
“To‘rt kishi suvdan olib chiqildi va shifoxonaga yetkazildi. Ulardan ikki nafari halok bo‘ldi, yana ikki nafarining ahvoli barqaror. Oroldan materikka olib o‘tilayotgan bemor hozircha topilgani yo‘q”, deyiladi xabarda.
Halokat Pebbli-Bich yaqinida, Avalon shahridan taxminan bir yarim kilometr uzoqlikda, soat 19:50 larda sodir bo‘lgan. Qulash sabablari hozircha noma’lum.
“Hozirda hodisa joyida ob-havo yaxshi, shuning uchun men buni qidiruv ishlari uchun ideal deb aytgan bo‘lardim. Biroq halokatdan so‘ng suvda juda ko‘p parchalar to‘plangan. Bundan tashqari, suvga vertolyotning muayyan miqdordagi yonilg‘isi to‘kilgan”, deydi AQSH Sohil muhofazasi komandiri Mark Lixi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadaning Kvebek provinsiyasida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bortdagi to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi