AQSHda vertolyot quladi. Besh kishi halok bo‘lgan 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Alyaska shtatida vertolyot quladi. Bu haqda mahalliy jamoat xavfsizligi bo‘limiga asoslanib xabar berilgan. 

Rasmiylar vertolyot qoldiqlari Knik muzligi hududidan 27 mart kuni soat 22:00 da (Toshkent vaqti bilan 28 mart kuni soat 13:00) topilganini ta’kidlagan. 

Ushbu hodisa natijasida besh kishi halok bo‘lgan va bir kishi yaralangan. 

Yaralangan bemor klinikaga yetkazilgan, shifokorlar uning ahvolini "og‘ir, ammo barqaror" deb baholamoqda. 

Shu bilan birga, rasmiylar bugun, 29 martgacha parvozlarni taqiqlashga qaror qilgandi. 

Qayd etilishicha, Milliy transport xavfsizligi kengashi avariya sabablarini o‘rganmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing