AQSHda o‘rmon yong‘inlari keng yoyilmoqda

Olam

image

AQSH janubidagi Nyu-Meksiko shtatining sharqiy va janubi-g‘arbiy qismida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Mamlakatdagi eng yirik yong‘in 6 aprel kuni bir vaqtning o‘zida Nyu-Meksiko shtatining besh nuqtasida boshlangan. Yong‘in Santa-Fe shahrigacha tarqalgan bo‘lib, uning maydoni 303 kvadrat kmdan oshadi.

Yong‘in tez tarqalish xavfi sababli Nyu-Meksiko shtati aholisining bir qismi evakuatsiya qilingan. Rasmiylar minglab odamlar Santa-Fedan 60 kilometr shimoli-sharqda joylashgan More vodiysiga evakuatsiya qilinishini e’lon qildi.

Kuchli shamol va quruq havo yong‘inni o‘chirishni qiyinlashtirmoqda. Yong‘in kutilganidan ancha tez tarqalmoqda. Yong‘inni o‘chirishga 2000 nafar o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi jalb qilingan.

Avvalroq, AQSHda kuzatilayotgan dahshatli yong‘inlar Arizona shtatida o‘nlab uylarni yo‘q qilgani va Nyu-Meksiko shtatidagi ko‘plab kichik qishloqlarni xavf ostiga qo‘ygani haqida habar berilgandi.

 

Kamron Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing