AQSHda “uchinchi” partiya tashkil etilishi e’lon qilindi
Olam
−
28 iyul 2022
8311AQSHning Respublikachilar va Demokratik partiyalarining sobiq a’zolari mamlakatda “Amerikaning ikki partiyaviy tizimi ishlamay qolishi”dan xavotirlangan saylovchilarni jalb qilishi kerak bo‘lgan uchinchi partiya tashkil etilishini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangi partiya uchta siyosiy kuch: “Amerikani yangilash” harakati, Demokratik partiyadan prezidentlikka sobiq nomzod Endryu Yang asos solgan “Oldinga” partiyasi va “Amerikaga xizmat qil” harakatining birlashishi natijasida tuziladi.
Respublikachilar va Demokratik partiyalarning o‘nlab sobiq amaldorlari kecha, 27 iyul kuni yangi milliy siyosiy kuch – uchinchi partiya tuzilishini e’lon qilishdi. Ular Amerikaning ikki partiyali tizimi ishlamay qolgan deb hisoblovchi va bundan xavotirda bo‘lgan millionlab saylovchilar e’tiborini tortmoqchi.
“Forward” (“Oldinga”) deb nomlangan yangi partiyaga dastlab Demokratik partiyadan prezidentlikka sobiq nomzod Endryu Yang va Nyu-Jersi shtatining sobiq gubernatori, sobiq respublikachi Kristin Uitman hamraislik qiladi.
“Reuters” agentligiga ko‘ra, joriy yilning kuzida partiya yetakchilari, AQSHning yigirmata shaharida bir qator tadbirlar o‘tkazadi.
Amerikada zamonaviy ikki partiyali tizim 1852 yildan beri prezidentlik saylovlarida doimiy ravishda g‘alaba qozongan va 1856 yildan beri Kongressni nazorat qiladigan Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan iborat. Ikki yetakchi partiyadan tashqari, Qo‘shma Shtatlarda mintaqaviylarni hisobga olmaganda yana 38 ta federal partiya mavjud, ammo ular siyosatga deyarli ta’sir qilmaydi.
LiveBarchasi