AQSHda to‘rt kishi xavfli zamburug‘dan vafot etdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning Texas shtatidagi ikkita shifoxonada dori-darmonlarga chidamli Candida auris zamburug‘i kasalligi tarqaldi va u to‘rt nafar bemorning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda KXAS-TV xabar bergan.  

Shtatdagi bir okrugda jami 9 ta zamburug‘ yuqtirish holati tasdiqlangan. Ta’kidlanishicha, birinchi holat joriy yilning yanvarida aniqlangan. Shundan so‘ng bir nechta tibbiy tavsiyalar shifoxonalarga yuborilgan. 

Mahalliy sog‘liqni saqlash vakillariga ko‘ra, keng jamoatchilik Candida auris bilan kasallanish xavfi ostida emas, ammo zamburug‘ qariyalar uylari va shifoxonalardagi odamlar uchun xavfli. 

O‘z navbatida, Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi joriy yilning yanvar oyidan aprel oyigacha shtat bo‘ylab 22 ta holat qayd etilganini ma’lum qilgan. 

Aprel oyidan boshlab infeksiyaning yangi holatlari aniqlangan, ammo ular haqida xabar berilmagan. 

Ta’kidlanishicha, Candida auris ko‘pincha immunitet tizimi zaif odamlarga yuqadi. U qonga, yurakka yoki miyaga kirsa, bu eng xavfli holat hisoblanadi. Bunda zamburug‘ ko‘payishi va invaziv kandidoz (fungemiya) keltirib chiqarishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh zamburug'

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing