Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

AQSHda samolyot qariyalar uyi avtoturargohiga qulab tushdi (video)

Olam

image

AQSHning Pensilvaniya shtatida samolyot qariyalar uyi avtoturargohiga qulab tushdi. Samolyot bortida besh kishi bo‘lgan va ular shifoxonaga olib ketilgan. Bu haqda politsiya va mahalliy rasmiylarga tayanib, CNN xabar berdi.

Hodisa joyidan olingan kadrlarda olov va qora tutun ichidagi samolyot qoldiqlari aks etgan. Samolyot to‘qnashuvi oqibatida bir nechta avtomobil ham zarar ko‘rgan va yongan.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Lankaster aeroportidan havoga ko‘tarilib, Springfildga yo‘l olgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot uchib ketganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan.

“Samolyot yetarlicha balandlikda edi, lekin keyin chap tomonga og‘a boshladi va to‘satdan burni bilan pastga sho‘ng‘ib ketdi. Shu bilan birga, u chapga burilishda davom etdi”, deydi guvohlardan biri.

AQSH Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ushbu halokat yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Janubiy Koreyaning Pocheon shahri yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlar paytida qiruvchi samolyotlar tomonidan tashlangan bombalar tinch aholi punktiga tushib, uylar va cherkovga zarar yetkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing