AQSHda politsiyachi 16 yashar qizni otib o‘ldirdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 20 aprel kuni AQSHning Ogayo shtatida politsiya xodimi qora tanli 16 yashar qiz Makaya Brayantni otib o‘ldirdi. Bu haqda maxalliy WNBC telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, soat 6:30 larda (Toshkent vaqti bilan 01:30) politsiya bo‘linmasiga qiz pichoq bilan hujum qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelgan.

Politsiya xodimidagi body kamera olgan tasvirlarda Brayant pichoq bilan boshqa bir qizga hujum qilganini ko‘rish mumkin. Shu vaqtda politsiyachi qizga qarata o‘q uzgan.

Qizni og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borishgan, bir soatdan so‘ng esa uning vafot etganini aytishgan.

Vafot etgan qizning xolasi, Xeyzel Brayantning so‘zlariga ko‘ra, u jiyani bilan birgalikda ijarada yashagan va o‘sha kuni jiyani uy egalaridan biri bilan janjallashib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizning qo‘lida pichoq bor edi, ammo politsiya ogohlantirish berganidan so‘ng jiyani Makaya pichoqni yerga tashlagan. Shunga qaramay, politsiya unga qarata o‘q uzgan.

Voqea sodir bo‘lgan yerga 50 nafar agressiv kayfiyatdagi insonlar yig‘ilgan, ularning ba’zilari odamlarni qasos olishga ham chaqirgan. Bu voqea afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi bo‘yicha sobiq politsiyachi Derek Shovinga xukm o‘qilgan paytda sodir bo‘lgan.

Ma’lumot uchun Sud hay’ati Shovinni Floydning o‘limida aybdor deb topgan. Sobiq politsiyachi 40 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. So‘nggi qaror ikki oydan so‘ng chiqadi. 

Shahar meri Endryu Jinter aholidan xotirjam bo‘lishni so‘rab, vaziyatni o‘rganish uchun vaqt kerakligini aytdi.

“Barcha masalalarga oydinlik kiritilgandan so‘ng, biz vaziyatni aholiga ma’lum qilamiz. Hozircha esa sizdan xotirjam bo‘lishingizni va jinoyat ishlari byurosi xodimlari dalillar to‘plashini kutishingizni so‘rayman”, deydi mer o‘zining Twitter sahifasida. Jinter politsiya xodimida videokamera bo‘lganini ham qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq, 11 aprel kuni AQSHning Minnesota shtatidagi Bruklin-Senter shahrida politsiyachi afroamerikalikni otib o‘ldirgani, shundan so‘ng shaharda norozilik namoyishlari boshlangani haqida xabar bergandik.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil 25 may kuni Minneapolisda 46 yoshli amerikalik Jorj Floyd politsiyachi tomonidan o‘ldirilgan. Internetda sobiq politsiyachi Floydning bo‘yniga tizzasini bosgan va u nafas ololmayotganini takrorlagan videorolik ko‘plab amerikaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. 

Shundan so‘ng, politsiya shafqatsizligiga qarshi norozilik namoyishlari Minneapolisni, keyin Amerikaning boshqa shaharlarini qamrab olgan va hatto, AQSH tashqarisiga ham tarqalgan. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari tartibsizliklarga, buzg‘unchilik harakatlariga, do‘konlarni yoqish va talon-toroj qilishga, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

356

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing