AQSHda Pepsi va Coca-Cola'ga qarshi tergov olib borilmoqda

Olam

image

AQSH federal savdo komissiyasi PepsiCo va Coca-Cola alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilariga nisbatan tergov harakatlarini boshladi. Bu haqda “Politico”gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH federal savdo komissiyasi ichimlik ishlab chiqaruvchi monopoliyalarni mahsulotlarni chakana savdo do‘konlariga yetkazib berishda narxlar mutanosibligiga yo‘l qo‘yishda gumon qilib, ularga nisbatan dastlabki tergovni boshlab yuborgan.

Komissiyasi so‘nggi bir oy ichida yirik ichimlik ishlab chiqaruvchi chakana savdo tarmoqlariga alkogolsiz ichimliklarni qanday sotib olish va narxlarini belgilashlari to‘g‘risida ma’lumot so‘rab murojaat qildi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, PepsiCo va Coca-Cola kabi alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi monopoliyalarning narx strategiyalari 1936 yilda qabul qilingan Robinson–Patman qonuniga muvofiq sinovdan o‘tkazilib, ishlab chiqaruvchilarni o‘z mahsulotlarini chakana savdo korxonalariga bir xil shartlarda yetkazib berishi kerakligi belgilangan. Biroq AQSH federal savdo komissiyasi 1988 yildan beri ushbu tartib bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazmagani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, PepsiCo va Coca-Cola vakillari ushbu masala bo‘yicha izoh berishdan bosh tortgani ham aytilmoqda.

AQSH federal savdo komissiya rahbari Alvaro Bedoya ushbu qonunga rioya etilishini nazorat qilishni AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining monopoliyaga qarshi siyosati doirasida ishlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlagan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing