AQSHda otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHdagi Michigan universitetida qurollangan shaxs tomonidan uch kishi o‘ldirildi va besh kishi jarohatlandi. Bu haqda “Bnonews” xabar berdi.

Otishma joriy yilning 13 fevral kuni soat 20:18 da boshlangan. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Lekin gumonlanuvchi qochishga ulgurgan. Politsiya va jamoat xavfsizligi xizmati 8 kishi otilganini, ulardan 3 kishi voqea joyida halok bo‘lganini va 5 kishi kasalxonaga yetkazilganini tasdiqladi. Qayd etilishicha, barcha jabrlanganlarning ahvoli og‘ir.

Aniqlanishicha, politsiya tomonidan voqea joyi to‘liq tintuv qilingunga qadar universitet butunlay yopilgan. 14 fevralga o‘tar kechasi yarim tunda politsiya gumonlanuvchining ko‘rinishiga mos keladigan odamni payqab qolgan. Unga yaqinlashganda, gumonlanuvchi to‘pponchasi yordamida o‘zini otib o‘ldirgan va voqea joyida vafot etgan. Aytilishicha, otishmani sodir etgan shaxs 43 yoshli erkak bo‘lib, universitet bilan aloqasi bo‘lmagan. Hozirgacha otishma sabablari ochiqlanmadi.

Ma’lumot uchun, Michigan universiteti AQSHning yetakchi o‘quv va ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, 1817 yilda Detroyt shahrida tashkil topgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing