AQSHda otib o‘ldirilgan o‘zbekistonlik o‘smirning janozasida shahar meri ishtirok etdi
Olam
−
21 iyul 2023
17757Avvalroq AQSHning Bruklin shahrida o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir otib o‘ldirilgandi. Uning dafn marosimida shahar meri Erik Adams qatnashdi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, otib o‘ldirilgan Faridun Mavlonovning janozasi Sunset bog‘ida bo‘lib o‘tgan.
“U Amerika chempioni bo‘lishni va Amerikada O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarishni xohlardi. Biz u bilan doimo faxrlanardik”, deydi bolaning buvisi Umaro Kamolova.
Shuningdek, uning buvisi dafn marosimida ishtirok etgan Nyu-York hokimi va politsiyadan bunday fojialarning oldini olishni iltimos qilgan.
So‘zga chiqqan mer Erik Adams qotilliklarni to‘xtatish uchun rasmiylar ko‘chalarni o‘qotar qurollardan tozalashi kerakligini aytgan.
“Ko‘chalarimizda qurol juda ko‘p, yoshlarimiz orasida zo‘ravonlik urchimoqda. Hozir shahrimiz soyasida g‘azab va zo‘ravonlikni yashirayotgan yoshlar bor. Hayotimizni shahrimiz bolalarini qutqarishga bag‘ishlash bizning majburiyatimizdir", deydi Adams.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni 15 yoshli Faridun Mavlonov ismli bola uyidan bir mil uzoqlikda otib qo‘yilgan. Oqibatda u 18 iyul kuni vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Firdavs Mavlonov bundan 12 yil avval oilasi bilan birga AQSHga ko‘chib borgan. Faridun esa uning olti farzandidan biri bo‘lgan. Vafotiga qadar bola shahardagi Yangi Utrext yuqori maktabida tahsil olgan.
LiveBarchasi