AQSHda o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir otib o‘ldirildi (video)
3-sahifa
−
19 iyul 2023
34425AQSHning Bruklin tumanida o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir tasodifan otib o‘ldirildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 17 iyul kuni sodir bo‘lgan. Faridun Mavlonov ismli bola uyidan bir mil uzoqlikda otib qo‘yilgan. Shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da bu haqda politsiyaga xabar berilgan va jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.
Politsiya hisobotiga ko‘ra, Faridun Mavlonov kecha, 18 iyul kuni vafot etgan. Hozirda Franklin Delano Ruzvelt o‘rta maktabi tashqarisida yurgan bir guruh o‘quvchilarga qarata 7 marta o‘q uzgan 17 yoshli o‘smir qidirilmoqda.
Mazkur ish bo‘yicha tergovni olib borayotgan detektiv Jeyms Essigning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchining nishonida Faridun bo‘lmagan. Ushbu holat ko‘chadagi nazorat kamerasiga ham tushib qolgan. Unda qotil ko‘chada odam ko‘p bo‘lgan vaqtda o‘q uzgani aks etgan.
Bolaning otasi Firdavs Mavlonovning aytishicha, shifokorlar uni ikki marta operatsiya qilgan, biroq qonni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Firdavs Mavlonov bundan 12 yil avval oilasi bilan birga AQSHga ko‘chib borgan. Faridun esa uning olti farzandidan biri bo‘lgan. Vafotiga qadar bola shahardagi Yangi Utrext yuqori maktabida tahsil olgan.
Detektiv Jeyms Essigning so‘zlariga ko‘ra, otishmadan ikki soat avval Faridun va bir guruh bolalar boshqa bolalar guruhi bilan tortishib qolgan. Qarshi tomondagi 17 yoshli bola Faridunning do‘stlaridan biri bilan janjallashib, darsdan so‘ng uchrashib, mushtlashishga kelishgan. Ular tashqarida uchrashgan vaqtda 17 yoshli o‘smir yonidan qurol chiqarib, ota boshlagan. O‘q esa tasodifan Faridunga teggan.
LiveBarchasi