AQSHda ommaviy otishma bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

AQSHning Los-Anjeles shahri yaqinida sodir bo‘lgan ommaviy otishmada kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Hill” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, otishma Kaliforniyaning Monterey Parkidagi raqs klubida mahalliy vaqt bilan soat 22:22 da sodir bo‘lgan. Los-Anjeles okrugi Sherif departamentining ma’lum qilishicha, klubda bo‘lgan qamariy Yangi yil festivali soat 21:00 da tugagan va so‘ng otishma boshlangan. 

Shuningdek, Los-Anjeles okrugi sherifi kapitan Endryu Meyer otishmaga irqiy kelishmovchilik sabab bo‘lgani taxmin qilinayotganini va hozirda bu tekshirilayotganini aytgan. Qotillikda ayblangan 72 yashar osiyolik politsiya tomonidan qo‘lga olinmasligi uchun o‘zini o‘ldirgan. Shuning uchun ham otishmaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Endryu Meyerga ko‘ra, otishmada 10 kishi halok bo‘lgan va yana 10 kishi yaralangan. 

“USA Today” ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, klubdagi otishma bu yil hisobida beshinchi ommaviy otishmadir.

Ma’lumot uchun, Monterey Parki Los-Anjeles markazidan taxminan 10 milya (taxminan 16 km) uzoqlikda joylashgan. Shu atrofda yashaydigan 60 000 ga yaqin aholining ko‘pchiligini osiyoliklar tashkil qiladi. Shu bois bu yerga har yili qamariy Yangi yil festivalida qatnashish uchun minglab odamlar keladi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing