AQSHda maktab o‘quvchisi otishma sodir etdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 4 sentyabr kuni AQSHning Jorjiya shtatidagi Apalachi o‘rta maktabida 14 yoshli o‘quvchi odamlarni o‘qqa tutdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, kamida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 9 kishi jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Jorjiya Tergov byurosi bergan ma’lumotlar hujum qurbonlari 2 talaba va 2 o‘qituvchi bo‘lganini ko‘rsatmoqda. 

CNN manbalariga ko‘ra, qurbonlar soni 30 kishigacha bo‘lishi mumkin, ammo ularning qanchasi o‘qdan jarohat olgani noma’lum. 

Shifokorlarga ko‘ra, shifoxonaga yotqizilgan o‘quvchilar va bir o‘qituvchi tirik qolishi kutilmoqda. 

Gumonlanuvchi Kolt Grey ismli bola ekanligi aniqlanib, qo‘lga olinib, qotillikda ayblangan. Rasmiylarga ko‘ra, politsiya Vinder shahridagi maktabga otishma boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib voqea joyiga yetib kelgan va o‘t ochgan o‘quvchi darhol huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

CNN xabariga ko‘ra, 2023 yilda o‘quvchi Grey internetda maktabni otib tashlash bilan tahdid qilgani haqidagi anonim xabarlar yuzasidan politsiya tomonidan so‘roq qilingan edi. O‘sha so‘roq paytida talaba o‘z aybini tan olgan. 

Hozirda Vinderda xavfsizlik kuchaytirildi. Politsiyaning qayd etishicha, Greyning sherigi borligi haqida hech qanday dalil yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, politsiya yaqin atrofdagi maktablarda boshqa tahdidlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made