AQSHda ko‘prikning qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq AQSHning Merilend shtatidagi Baltimor shahrida yuk kemasi borib urilishi oqibatida uzunligi 2,5 km bo‘lgan avtomobil ko‘prigi suvga qulab tushgandi. Ushbu fojiada olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “NBC News” xabar berdi.

Brawner Builders qurilish kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Jeffri Pritskerga ko‘ra, bir kishi qutqarib qolingan. U boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

AQSH Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Oq uyda ko‘prikning qulashi ataylab qilingan harakat deb hisoblashga asos yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 mart kuni Patapsko daryosi ustidagi Frensis Skott Ki ko‘prigi qulab tushdi. Singapur bayrog‘i ko‘tarilgan yuk kemasi ko‘prik poydevoriga borib urilgan.

To‘qnashuvdan so‘ng kema yonib, cho‘kib ketgan. Baltimor o‘t o‘chirish boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda o‘tish joyida yetti nafar qurilish ishchisi ishlagan. Mintaqada favqulodda holat e’lon qilingan.

Merilend gubernatori Ues Murning so‘zlariga ko‘ra, qulagan ko‘prik ostidagi suvdan gidrolokator yordamida beshta avtomobil, jumladan, uchta yengil avtomobil va sement yuk mashinasi topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing