AQSHda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Olam

image

Bugun, 14 dekabr kuni AQSHda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Shifokorlar AQSHning Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) ruxsat bergan Pfizer va BioNTech kompaniyasi vaksinasidan foydalanyapti.

AQSHda koronavirusga qarshi vaksinani klinik sinovdan tashqari holatda birinchi bo‘lib Nyu-York shtatidan bo‘lgan tibbiyot xodimi  qabul qildi.

Preparatni AQSHda tarqatish uchun mas’ul bo‘lgan general Gustav Perna avvalroq 3 million doza vaksina dam olish kunlari mamlakat bo‘ylab maxsus jihozlangan markazlarga yetkazib berilishini aytgan edi. Kecha Pfizer kompaniyasining Michigan shtati Kalamazu shahridagi ishlab chiqarish ob’ektidan mamlakatning turli hududlariga yuk mashinalarida vaksina tarqatilgandi.

AQSH Buyuk Britaniya va Kanadadan keyin Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Ushbu vaksinani -70 daraja haroratda saqlash kerak. Preparat sinovlarida u 95 foiz samarali ekani aniqlangan.

AQSHda ommaviy emlashning birinchi bosqichida 6,4 mln doza vaksina tarqatish rejalashtirilgan. Vaksinatsiya 21 kunlik farq bilan ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, shu kungacha AQSHda 16 mlndan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan. Infeksiyaga chalinganlar soni bo‘yicha Kaliforniya yetakchi (1 535 962 holat), undan keyin Texas (1 395 889), Florida (1 116 973), Illinoys (841 688) va Nyu-York (764 966) bormoqda. AQSHda koronavirus tufayli jami 306 mingdan ortiq bemor vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing