AQSHda Kapitoliyga avtomobilda bostirib kirgan haydovchi otib o‘ldirildi
Olam
−
03 aprel 2021
5960Kecha, 2 aprel kuni AQSH Kongressi binosi joylashgan Kapitoliy tepaligiga hujum uyushtirildi. 25 yoshli yigit avtomobilda parlament binosiga kirishga uringan va politsiya tomonidan to‘xtatilgan. Bu haqda “NBC News” xabar berdi.
CNN telekanalining ma’lum qilishicha, avtomobil haydovchisi nazorat punktiga urilganidan so‘ng, undan chiqib, pichoqni ochiqdan-ochiq o‘ynata boshlagan. Politsiya uni otishga majbur bo‘lgan va qamoqqa olgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olinganida hali hushida bo‘lgan. Ammo keyinroq vafot etgan.
BBC nashrining yozishicha, Kapitoliyga bostirib kirgan shaxs avtomobilda ikki politsiya xodimiga jarohat yetkazgan va ulardan biri vafot etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kapitoliyga avtomobilda bostirib kirishga uringan shaxs 25 yoshli Noa Grin bo‘lgan.
Hodisa tufayli Kapitoliy binosiga kirish va chiqish joylari yopilgan, xodimlarga derazalarga yaqinlashish taqiqlangan. AQSH Federal tergov byurosi, allaqachon, Kapitoliy politsiyasiga yordamga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni ham Kapitoliyga hujum bo‘lgandi. Unda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirib, kongressmenlarga prezidentlik saylovlari natijalarini ma’qullashga to‘sqinlik qilgan. O‘sha hujum oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi