AQSHda qor bo‘roni qurbonlari soni 80 ga yaqinlashdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida qor bo‘roni va sovuq tufayli 78 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NBC ma’lumot berdi.

O‘lim holatlari Kolorado, Kanzas, Kentukki, Ogayo, Nebraska, Missuri, Oklaxoma, Michigan, Janubiy Karolina, Tennessi, Viskonsin, Illinoys va Vermontda qayd etilgan.

Nyu-York rasmiylari havo isishi bilan suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan xavotirda.

Qor bo‘ronlari vaqtida ko‘pchilik o‘z mashinalarida o‘lik holda topilgan, yana bir necha kishi qorni tozalash vaqtida yurak xastaligidan vafot etgan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHda qor bo‘roni joriy yilning 25 dekabr kunidan boshlandi. 27 dekabrda esa AQSH Prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkda qor bo‘roni tufayli favqulodda holat joriy etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing