AQSHda “Ien” to‘foni qurbonlari 100 nafarga yaqinlashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 28 sentyabr kuni AQSHning janubiy qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan 4-toifali “Ien” to‘foni qurbonlari soni 87 kishiga yetdi. Bungacha 42 nafar qurbon haqida ma’lumot berilgandi.

Shu bilan birga, Floridaning o‘zida tabiiy ofat oqibatlari tufayli 83 ta, Shimoliy Karolinada yana to‘rtta o‘lim holati qayd etilgan.

29 sentyabr kuni Janubiy Karolinani qamrab olgan “Ien” to‘foni tropik bo‘ronga aylanib, Jorjiya, Shimoliy Karolina va Virjiniya shtatlarini qamrab oldi.

Florida shtatida bo‘ron katta zarar keltirdi. Qutqaruvchilar tirik qolganlarni topish umidida vayronalarni tozalashmoqda. Tabiiy ofat qurbonlari soni ortishi mumkin.

O‘n ikki metrlik bo‘ron to‘lqinlari Floridaning g‘arbiy qirg‘og‘ining bir qismini suv ostida qoldirib, uylar va ofislarga katta zarar yetkazdi. Florida va undan tashqarida yana daryolar toshishi va joylarda sel oqimi kuzatilishi mumkin.

AQSHning janubiy qirg‘og‘ida 800 ming iste’molchi elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan. 2 oktyabr kunidan boshlab Florida aholisi vayronalar va loy massalarini tozalash uchun uylariga qaytmoqda.

Birgina Florida shtatidagi dovuldan yetkazilgan zarar 47 milliard dollardan oshiqroq deb baholanmoqda. Bir qator kompaniyalar uchun sug‘urta qoplamasi 60 milliard dollarga, umumiy zarar esa 100 milliard dollarga yetishi mumkin. To‘lqinlar yuzlab qayiqlarni qirg‘oqqa olib chiqqan, ko‘plab mashinalarga zarar yetgan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Bayden dovuldan jabr ko‘rgan Puerto-Riko va Floridaga borishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing