AQSHda “eng keksa bola” tug‘ildi

Bu qiziq

image

O‘tgan hafta oxirida AQSHning Tennessi shtatida 1994 yilda muzlatilgan embriondan bola dunyoga keldi. Bu haqda MIT Technology Review xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bolaning ota-onasi Lindsi va Tim Pirs ismli er-xotin ushbu embrionni Linda Archerd ismli ayoldan “farzandlikka olgan”. Archerd o‘sha yili sun’iy urug‘lantirish (EKO) jarayonidan o‘tgan bo‘lib, shifokorlar to‘rtta embrion yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Ulardan biri ayolning bachadoniga ko‘chirib o‘tkazilgan, qolgan uchtasi esa kriokonservatsiya qilingan, ya’ni muzlatilgan holda saqlab qo‘yilgan.

Bu embrionlar o‘nlab yillar davomida saqlangan va bu Archerdga har yili ming AQSH dollariga tushgan. Oradan yillar o‘tgach, u bu embrionlarni boshqa oilalarga berishga qaror qilgan. Hozirda uning yoshi 60 dan oshgan. MIT Technology Review’ning yozishicha, AQSHdagi ko‘pgina klinikalar bu embrionlar bilan ishlashdan bosh tortgan, sababi ular zamonaviy bo‘lmagan usullarda muzlatilgan.

Tug‘ilgan chaqaloq MIT Technology Review tomonidan “eng keksa bola” deb ataldi. Uning ota-onasi Lindsi va Tim Pirs yetti yil davomida farzand ko‘rishga uringan va oxir-oqibat Open Hearts deb nomlangan  asrab olish dasturiga yozilgan. Linda Archerd hozircha chaqaloq bilan uchrashishni rejalashtirmayotganini bildirgan, biroq uning tug‘ilishini “ro‘yobga chiqqan orzu” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh eng keksa bola Tennessi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing