AQSHda dunyodagi eng qimmat dori ro‘yxatdan o‘tkazildi
Salomatlik
−
29 noyabr 2022
21165Amerika Qo‘shma Shtatlarida dunyodagi eng qimmat dori vositasidan foydalanishga ruxsat berildi. Preparatning bir in’eksiyasi taxminan 3,5 million dollarga tushadi. Bu haqda “Oddity Central” xabar berdi.
Preparat Hemgenix deb ataladi. Uni ishlab chiquvchilar fikricha, dori yordamida odam gemofiliya – qon ivishining buzilishidan xalos bo‘ladi. Hozirgacha standart muolajalar bemorlarning qonida yetishmayotgan oqsil miqdorini yetarli darajada ushlab turish uchun doimiy in’eksiyalarni talab qilgan, ammo yangi dori tufayli gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarga butkul davolanish uchun preparatning bir dozasi yetarli bo‘ladi.
Biroq muammo shundaki, bir shisha Hemgenix 3,5 million dollar turadi, bu esa preparatni tarixdagi eng qimmat doriga aylantiradi. Biroq, yuqori narxga qaramay, ekspertlarning fikriga ko‘ra, preparat muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega. Negaki, gemofiliya uchun mavjud davolash usullari ham katta pul talab qiladi.
LiveBarchasi