AQSHda dunyodagi birinchi sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi zavod ochildi

Olam

image

AQSHning Kaliforniya shtatidagi Emerivill shahrida sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi zavod ochildi. Bu haqda “Food Business News”ga asoslanib xabar berilgan. 

Zavodda yiliga 180 tonnadan ortiq sun’iy go‘sht ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Hozircha esa 25 tonna ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Upside Foods kompaniyasi 2015 yildan beri probirkada go‘sht ishlab chiqmoqda. Kompaniya asoschisi Uma Valetining so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilda ular dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy go‘shtni ishlab chiqargan va bir muncha vaqt o‘tgach, to‘liq quvvatli zavod qurilishini tasavvur qilish haqiqatdan yiroq bo‘lib tuyulgan. 

“Bugun orzu haqiqatga aylandi va bu faqat boshlanishi”, deyilgan xabarda.

Deyarli 5 ming kvadrat metr ishlab chiqarish maydoni Upside Foods tomonidan buyurtma qilingan uskunalar bilan jihozlangan.

Katta ehtimol bilan ular bioreaktorlar bo‘lib, ularda go‘sht ozuqaviy muhitda yetishtiriladi. Atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan buzoq go‘shti, parranda go‘shti va dengiz mahsulotlari ishlab chiqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy go'sht

Baholaganlar

410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing