AQSHda “derjava”lar o‘rtasida ziddiyat xavfi ortayotgani aytildi

Olam

image

Buyuk davlatlar ishtirokida xalqaro mojarolar xavfi ortib bormoqda. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari Mark Milli ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, Mark Milli AQSHdagi “West Point” harbiy akademiyasi bitiruvchilariga murojaat qilib, ularni bunday voqealar rivojiga tayyor turishga chaqirgan.

"Siz yashayotgan dunyoda buyuk davlatlar ishtirokida yirik xalqaro mojarolar yuzaga kelishi ehtimoli bor. Va bu ehtimollik kamaymayapti, balki ortib bormoqda", deydi Milli.

Amerikalik general o‘z nutqi davomida Rossiya va Xitoyni jahon qudrati deb hisoblashini aytgan.

“Hozir biz har biri salmoqli harbiy salohiyatga ega va mavjud tartibni o‘zgartirish niyatida bo‘lgan ikki qudratli davlat – Rossiya va Xitoy bilan qarama-qarshimiz”, deydi u


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing