AQSHda Bosh prokurorlar Baydenga qarshi sudga shikoyat qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning 21 shtati Bosh prokurorlari Prezident Jo Bayden ma’muriyatiga qarshi Amerika-Kanada chegarasida joylashgan Keystone XL quvurining qurilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi farmon yuzasidan sudga murojaat qildi. Bu haqda Texas Bosh prokurori Ken Pakstonning bayonotiga asoslanib xabar berilgan.
Sudga da’vo arizalari berganlarning fikriga ko‘ra, Bayden AQSH Kongressi tomonidan o‘rnatilgan energiya siyosatini bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega emas.

Texas shtati federal okrug sudiga berilgan da’vo arizasida shtat Bosh prokurorlari Prezidentning quvurni to‘sib qo‘yish to‘g‘risidagi farmonini bekor qilishni talab qilmoqda.

"AQSH Konstitutsiyasiga binoan xalqaro yoki davlatlararo tijoratni tartibga solish vakolati Prezidentga emas, Kongressga tegishli", degan Bosh prokurorlar.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng darhol
Keystone XL quvurining Kanada va AQSH chegarasida qurilishini taqiqlovchi farmonni imzoladi.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo Vashingtonning bu qadamidan Ottavaning ko‘ngli qolganini ma’lum qilgan.

Ob’ekt qurilishi Barak Obama ma’muriyati tomonidan atrof-muhitga tahdid bo‘lganligi sababli to‘sib qo‘yilgan edi, ammo Donald Tramp ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqqandi.

Avvalroq, AQSHning 12 shtati rasmiylari Jo Baydenni xalq salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida imzolagan farmoni uchun sudga bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing