AQSHda birinchi marta mahbusni azot yordamida qatl qilishga ruxsat berildi
Olam
−
11 yanvar
18531Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixida birinchi marta mahbusni azot yordamida qatl qilishga ruxsat berildi. Bu haqda “NBC News” xabar berdi.
Alabama sudi e’lon qilgan hukmga ko‘ra, 58 yoshli Kennet Yudjin Smit shu yilning 25 yanvar kuni yangi usulda qatl etiladi. Jinoyatchi Charlz Sennetning xotinini o‘ldirish haqidagi buyurtmasini bajargan. Oqibatda 1988 yilda sudlangan.
Uning advokatlari qatlni to‘xtatish to‘g‘risida buyruq olishga harakat qilgan, ammo sud ularning iltimosini rad etgan.
Ushbu turdagi qatlda mahbusga kisloroddan mahrum bo‘lgan holda faqat azot bilan nafas olishga ruxsat beriladi. Azot gipoksiyasi bilan qatl qilish uchta shtatda – Alabama, Oklaxoma va Missisipida qonuniydir, lekin hech qachon qo‘llanilmagan.
Alabama ma’murlari 2018 yilda o‘limga olib keladigan in’eksiyalarda ishlatiladigan dori-darmonlar tanqisligi sharoitida ushbu ijro variantiga ruxsat berishgan. Yangi usul tarafdorlari u og‘riqsiz bo‘lishini ta’kidlamoqda.
LiveBarchasi