AQSHda benzin narxi yangi rekord o‘rnatdi
Olam
−
11 may 2022
16894Amerika Qo‘shma Shtatlardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi yana rekord darajaga yetdi va bir gallon (3,785 litr) narxi 4,37 dollardan oshdi. Bu haqda TASS 60 mingdan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxlarni kuzatuvchi notijorat Amerika avtomobil assotsiatsiyasi (AAA) ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 10 may kuni ertalab AQSHda bir gallon benzinning o‘rtacha narxi 4374 dollarga yetgan. AAA veb-saytida aytilishicha, bu tarixdagi eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lib, mart oyidagi 4 331 dollarlik antirekordni yangiladi. Mamlakatdagi eng qimmat benzin narxi an’anaviy tarzda Kaliforniya shtatida saqlanib qolmoqda, bu yerda avtoulovchilar har bir gallon uchun o‘rtacha 5841 dollar to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Yoqilg‘i narxining oshishi neft narxining pasayishiga qaramay sodir bo‘lmoqda. Iyun oyida yetkazib beriladigan WTI markali neft fyucherslari narxi 10 may kuni 1,95 dollarga (1,89 foiz) pasayib, bir barrel uchun 101,14 dollarni tashkil qildi. AQSH Milliy Jamoatchilik Radiosi ma’lumotlariga ko‘ra, yoqilg‘i narxining ko‘tarilishi jahon energetika bozoridagi tez o‘sib borayotgan inflyatsiya va noaniqlikdan tashqari, ta’til davri munosabati bilan benzinga talab ortib borayotgan yoz faslining yaqinlashishi bilan ham bog‘liq.
LiveBarchasi