AQSHda aviashou vaqtida ikki samolyot to‘qnashib ketdi (video)

Olam

image

AQSHda faxriylar kuniga bag‘ishlangan aviashouda Boeing B-17 bombardimonchi samolyoti va Ikkinchi jahon urushi davridagi P-63 Kingcobra qiruvchi samolyoti to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bermoqda.

Shou tashkilotchilarining matbuot kotibi Liya Blokning aytishicha, ekipajning besh a’zosi Boeing B-17 samolyotida, yana bittasi esa P-63 Kingcobra samolyotida bo‘lishi mumkin.

Qurbonlarning aniq soni hozircha ma’lum emas.

Shahar meri Erik Jonsonga ko‘ra, samolyotlar qulagan yerda hech kim jabrlanmagan. Samolyot vayronalari aeroport hududi, avtomagistral va unga yaqin joylashgan savdo markazi yaqiniga qulagan.

Ushbu holat yuzasidan Federal aviatsiya ma’muriyati va Milliy transport xavfsizligi kengashi tergov o‘tkazmoqchiligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

720

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing