AQSHda asrlar davomida mavjud bo‘lgan katta muzlik erib ketdi

Bu qiziq

image

AQSHning Siyetl shahri yaqinidagi Hinman tog‘ida ming yillar davomida mavjud bo‘lgan katta muzlik batamom erib ketdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, glatsiolog (muzlik davrining geologik muammolarini o‘rganuvchi olim) Mauri Pelto 40 yil davomida Hinman tog‘iga borib, uni kuzatgan. 2022 yil yozida havo harorati ko‘tarilgach, shimoli-g‘arbiy qismda tinimsiz qurg‘oqchilik hukm surgan. Pelto o‘z jamoasini toqqa olib chiqqanda, ular faqat muzlikning so‘nggi erish jarayonini ko‘rishga erishgan.

“Muzlik butunlay g‘oyib bo‘ldi. U tog‘ tizmasining bu qismidagi eng katta muzlik edi – u juda ajoyib edi”, deya ta’kidlagan olim Pelto.

Shuningdek, olimlar XXI asr oxiriga kelib Yerdagi muzliklarning yarmi erib ketishini prognoz qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing