AQSHda aholini koronavirusga qarshi emlash qachondan boshlanishi aytildi

Olam

image

AQSH Hukumati joriy yilning 11 yoki 12 dekabridan aholini koronavirusga qarshi emlashni boshlamoqchi. Bu haqda AQSH Prezidentining maslahatchisi, koronavirusga qarshi vaksina tayyorlashni tezlashtirish bo‘yicha davlat dasturi rahbari Monsef Slaui ma’lum qildi.

Juma kuni Germaniyaning BioNTech farmatsevtik kompaniyasi va uning amerikalik hamkori Pfizer o‘zlarining koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasiga (FDA) murojaat qilishgan.

Ushbu tashkilot uch hafta davomida arizani o‘rganib chiqadi. Keyin uni mustaqil ekspertlar jamoasi ham tekshiradi. Ularning majlisi 10 dekabrga belgilangan.

Slauining so‘zlariga ko‘ra, preparat ma’qullansa, uni amerikaliklarga tarqatish ertasi kunidanoq boshlanishi mumkin.

“Bizning reja vaksinalarni emlash joylariga tasdiqlanganidan keyin 24 soat ichida yetkazib berishdir. Shuning uchun tasdiqlanganidan keyingi ikkinchi kun – 11 yoki 12 dekabr”, degan mutaxassis.

Avvalroq, Amerikaning boshqa bir farmatsevtik kompaniyasi Moderna o‘zining vaksinalarini 25-37 dollardan sotishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Kompaniya vaksinalari 94,5 foizgacha samaradorlik ko‘rsatgan.

BioNTech va Pfizer kompaniyalari ishlab chiqargan vaksina 90 foizlik samaradorlik ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing