AQSHda 9 yoshli bola 6 yashar bolani otib o‘ldirdi
3-sahifa
−
18 avgust 2023
7998Amerika Qo‘shma Shtatlarida 9 yoshli bola uydan topib olgan to‘pponcha bilan 6 yashar bolaning boshiga o‘q uzdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14 avgust kuni Florida shtatida 6 yashar bola boshidan olgan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan va ko‘p o‘tmay vafot etgan. Aniqlik kiritilishicha, u o‘qotar quroldan yaralangan. Unga 9 yoshli bola o‘q uzgani aytilmoqda.
Mazkur baxtsiz hodisa vaqtida uyda katta yoshli kishilar bo‘lgan va ular so‘roq qilingan. Hozircha hech kim javobgarlikka tortilmagan. Politsiya esa voqeada hech qanday zo‘ravonlik alomatlari yo‘qligini ma’lum qilgan.
Gun Violence Archive ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda AQSHda 1114 dan ortiq 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘qotar qurollardan o‘ldirilgan, yana 3065 bola jarohatlangan. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda 1 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining taxminan 19 foizi o‘qotar qurol tufayli yuz bergan.
2020 yilda AQSHda boshqa sabablardan ko‘ra bolalar ko‘proq shu kabi jarohatlardan o‘lgan. Hatto o‘qdan halok bo‘lganlar soni yo‘l-transport hodisalari qurbonlari sonidan ham oshib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Kolorado shtatida politsiya xodimi qo‘lida marker bo‘lgan erkakni otib o‘ldirgan edi. “Politsiyachi flomasterni pichoq deb o‘ylab, shunday yo‘l tutgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi