AQSHda 5 jurnalistning qotili 6 marta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Olam
−
29 Sentabr 2021
8107AQSHning Merilend shtati sudi 2018 yilda mahalliy gazetalardan birining besh xodimini otib tashlagan Jerrod Ramosga oltita bir umrlik qamoq jazosini tayinladi. Shuningdek, qotilga 345 yillik qamoq jazosi berilgan.
“Capital Gazette” ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning 28 iyun kuni sodir bo‘lgan otishmada 5 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi yaralangan. Gumonlanuvchi Jerrod Ramos o‘sha zahotiyoq hibsga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u ko‘p yillar davomida ushbu gazeta xodimlari bilan sudlashgan va doimiy ravishda ularga tahdid qilgan.
“Ayblanuvchiga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish huquqisiz olti umrlik va yana 345 yillik qamoq jazosi tayinlandi”, deyiladi prokuratura xabarida.
Joriy yilning iyul oyida “Capital Gazette” nashri Ramos 22 band bo‘yicha ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganini tan olganini yozgan. Shu sabab hukm hali chiqarilmagan bo‘lsa-da, qotil bu muddatni oldindan o‘tashi mumkin.
LiveBarchasi