AQSH JSSTni qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini 2021 yil 6 iyulda rasman tark etadi. Bu haqda AQSH davlat departamenti saytida ma’lum qilindi. Xabarda ta’kidlanishicha, AQSH sog‘liqni saqlash tizimida JSSTdan ko‘ra “ishonchliroq va shaffofroq hamkorlar”ni qidirmoqda.
        
Davlat departamenti vakili Morgan Ortagusning ta’kidlashicha, JSST nafaqat koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni, balki o‘nlab yillar davomida favqulodda vaziyatlarda o‘z ishini yaxshi uddalay olmagan. Bundan tashqari, xalqaro tashkilot undan talab qilingan islohotlarni o‘tkazishdan, jumladan Xitoydan mustaqil ekanini ko‘rsatishdan bosh tortgan. 

Xabarda ta’kidlanishicha, AQSH butun dunyo bo‘ylab tibbiy va insonparvarlik yordami yetkazishda “eng hotamtoyi” hisoblanadi. Bu yordam esa amerikalik soliq to‘lovchilar hisobiga amalga oshiriladi, ular esa bu yordamning samarali qo‘llanishini kutishgan edi.

Ortagusning ta’kidlashicha, JSSTga mo‘ljallangan mablag‘larning qolgan qismi BMTning boshqa tashkilotlariga yo‘naltiriladi. Ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘ 62 mln dollarni tashkil qiladi.  Shuningdek, AQSH 2021 yil iyulgacha JSST bilan muloqotini minimumgacha qisqartiradi.  

May oyida AQSH Prezidenti Donald Tramp JSST pandemiya bilan bog‘liq holda islohotlar o‘tkazishdan bosh tortgani sababli u bilan munosabatlar uzilishini e’lon qilgandi. Trampning fikricha, JSST “Xitoyning qo‘g‘irchog‘i”. AQSH har yil JSSTga 450 mln dollar to‘lab kelgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing