AQSH jamg‘armasi O‘zbekistonga 330 ming dollarlik tibbiy vositalarni sovg‘a qildi

Jamiyat

image

Kecha, 9 avgust kuni “Global Jewish Assistance and Relief Network” (AQSH) jamg‘armasi tomonidan beg‘araz yordam sifatida taqdim etilgan tibbiy niqoblarining birinchi qismi O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi va Isroildagi elchixonasi hamkorligida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyotida Toshkentga yetkazildi.

Umumiy qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan qariyb 270 ming dona tibbiy niqoblarning 134 ming 400 donasi bugun O‘zbekistonga olib kelindi.

“Shu kunga qadar pandemiyaga qarshi kurash doirasida jamg‘armamiz  Rossiya, Ukraina, Belarus va Moldovaga 200 million AQSH dollaridan ziyod miqdordagi gumanitar ko‘mak yubordi. Bugun birinchi marta koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga turli rusumdagi tibbiy niqoblarni jo‘natdik”, deydi “Global Jewish Assistance and Relief Network” jamg‘armasi asoschisi va direktori Eliyezer Avtzon.

Mazkur insonparvarlik yukini O‘zbekistonga yuborish xarajatlari Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonlik Furqat Rajabov hisobidan qoplandi.

Mazkur niqoblar o‘rnatilgan tartibda respublikaning tegishli tibbiyot muassasalari o‘rtasida tarqatiladi. Shuningdek, niqoblarning ikkinchi turkumi ham tez kunlarda O‘zbekistonga olib kelinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing