AQSH yil oxirigacha G‘azodagi urushni tugatmoqchi – Uitkoff
Olam
−
27 avgust 1864 2 daqiqa
Qo‘shma Shtatlar G‘azodagi bosqinni shu yil oxirigacha hal qila olishini kutmoqda. Bu haqda AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff kecha, 26 avgust kuni Oq uyda AQSH hukumati yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Biz u yoki bu yo‘l bilan mojaroni bir marta va butunlay hal qila olishimizga ishonamiz”, dedi Uitkoff.
Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS tinch yo‘l bilan yechimga tayyor ekani haqida signallar yubormoqda, Isroil esa anklavga yordamni oshirmoqda. Uitkoff, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 27 avgust kuni Oq uyda G‘azo sektorini urushdan keyingi boshqaruvning keng qamrovli rejasini muhokama qilish uchun keng yig‘ilish o‘tkazish niyatida ekanini aytdi.
Tramp fevral oyida bu masalani o‘zining arab ittifoqchilariga qaratib, “G‘azo sektorini qo‘lga olish va uning aholisini ko‘chirish bo‘yicha o‘z qarashlarini” taqdim etgan edi.
“Ko‘p odamlar bu qanchalik oqilona va yaxshi niyat ekanini ko‘radi va bu Prezident Trampning insonparvarlik niyatlarini aks ettiradi”, dedi Uitkoff Trampning bugun muhokama qilinishi rejalashtirilgan rejasining tafsilotlariga kirmasdan.
“The Times of Israel” shu munosabat bilan qayd etishicha, “Uitkoff birinchi marta AQSHning “ertangi kun” (tinchlik kelishuvidan keyingi chora-tadbirlar) deb nomlangan rejasi mavjudligini oshkor qildi, chunki Vashington bu masalani mintaqadagi arab ittifoqchilariga qaratib qo‘ydi. Gazetaning eslatishicha, bu g‘oya Tramp falastinlik qochqinlarni qabul qilishga tayyor bo‘lishiga umid qilgan “AQSHning mintaqadagi hamkorlari tomonidan qat’iyan rad etilgan”.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr