AQSH yordamisiz Ukrainaning artilleriya snaryadlari zaxiralari bir oy ichida tugaydi – “Times”
Olam
−
27 yanvar
4392Agar AQSH Kongressi Kiyevga yordam paketini ma’qullamasa, Ukraina Qurolli kuchlari artilleriya snaryadlari zaxirasini kelgusi oy oxirigacha tugatadi. Bu haqda britaniyalik jurnalist va harbiy tarixchi Maks Xeystings “The Times” gazetasida yozadi.
“AQSH Kongressidagi respublikachilar keyingi harbiy yordamga to‘sqinlik qilishni bas qilmas ekan, ukrainaliklarning artilleriya snaryadlari kelasi oy oxirigacha tugaydi”, deya qayd etgan jurnalist.
Xeystingsga ko‘ra, G‘arb Kiyevga qurol-yarog‘ ta’minotini to‘xtatib qo‘ysa, davlatning aniq strategiyasi yo‘q.
“Bu dolzarb va hayotiy masala. Ukraina rahbariyati bundan keyin nima qilish kerakligini bilmay boshi qotdi”, deb yozadi Xeystings.
Xeystingsning qayd etishicha, G‘arbiy Yevropaning aksariyat davlatlarining rahbariyati (Skandinaviya va Boltiqbo‘yi davlatlari bundan mustasno) Ukrainadagi mojaroga chek qo‘yishni juda istaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba G‘arb Kiyevni qurol bilan ta’minlashni to‘xtatgan taqdirda, Ukrainada “B” reja yo‘qligini aytgandi.
LiveBarchasi