AQSH yordamisiz Ukraina davlat xizmatchilariga maosh to‘lay olmaydi– WSJ 

Olam

image

Agar AQSH Kongressi Kiyev uchun yana mablag‘ ajratishni ma’qullamasa, Ukraina hukumati davlat xizmatchilariga maosh to‘lay olmaydi. Bu haqda Ukraina va Amerika rasmiylariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Moliya vazirligi Qo‘shma Shtatlardagi byudjetni tasdiqlash atrofidagi keskin vaziyat Kiyev uchun to‘lovlarning kechikishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ukraina Moliya vazirligi oktyabr oyi uchun zarur mablag‘ga ega, biroq keyinchalik davlat xizmatchilari uchun to‘lovlarni kamaytirish yoki kredit olishga harakat qilishi zarurati tug‘ilishi mumkin.

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar yordamining to‘xtashi Ukrainada norozilikni kuchaytirishi va uning Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat ichidagi muxolifatning qattiq tanqidiga duchor bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Amerikalik amaldorning tushuntirishicha, agar Ukraina avvalgi mablag‘lardan o‘rinli foydalangani to‘g‘risida dalillar keltirsa, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi Jahon banki dasturi bo‘yicha oktyabr oyida 1,15 milliard dollar miqdorida mablag‘ o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi. 

“Ukrainadagi 150 ming davlat xizmatchilari va ta’lim muassasalarining 500 mingdan ortiq xodimlariga beriladigan maosh, shuningdek, sog‘liqni saqlashdan tortib, uy-joy subsidiyalarigacha bo‘lgan ba’zi davlat xarajatlari aslida AQSH va Yevropa mamlakatlaridan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamga bog‘liq”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni AQSH Kongressi federal hukumat yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Ukrainaga yordam ko‘rsatishni nazarda tutmaydigan 45 kunlik (17 noyabrgacha) byudjet loyihasini qabul qilgan edi. Oq uy va Kongressdagi demokratlar Kiyevga ko‘makni to‘xtatishni xohlamasa-da, respublikachilar bunga to‘sqinlik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina shutdown

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing