AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya Xitoyni ushlab turish uchun birlashyapti

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol bugun, 18 avgust kuni Vashington yaqinidagi Kemp Deviddagi qarorgohda sammit o‘tkazadi.  Yetakchilar mazkur tadbir davomida iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va Xitoyni tiyib turish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiyaning “Nikkei” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uch davlat munosabatlari tarixiy jihatdan Shimoliy Koreyaning yadroviy raketa dasturiga qaratilgan. Bugungi sammit esa bu hamkorlik ko‘lamini Xitoyni cheklash va iqtisodiy xavfsizlikni o‘z ichiga olgan holda kengaytiradi.

Bundan tashqari, yetakchilar Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash muhimligini, shuningdek, Global Janub deb ataluvchi mustaqil tashqi siyosatga ega bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda. Xususan, gap Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi a’zolari va Tinch okeani mintaqasidagi orol davlatlari haqida bormoqda.

Manbaga ko‘ra, Kisida, Bayden va Yun Sok Yol uch tomonlama sammitda suv osti kemalariga qarshi muntazam mashqlar, shuningdek, raketalarga qarshi mudofaa sohasida manyovrlar o‘tkazishga kelishib olishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, tomonlar kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, uch mamlakat yetakchilarining avvalgi yuzma-yuz uchrashuvi joriy yilning 21 may kuni Xirosimada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti doirasida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Janubiy Koreya Yaponiya Jo Bayden Yun Sok Yol' Fumio Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing