AQSH yangi avlod bombardimonchi samolyotini ishlab chiqdi
Olam
−
10 iyun 2021
11548QSH Harbiy-havo kuchlari (HHK) dastlabki ikkita yangi avlod B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotlarini sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “The Drive” xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, B-21 samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha dastur AQSH HHKning bombardimonchi uchoqlar sonini 157 tadan 225 taga yetkazish bo‘yicha rejasini kechikishiga sabab bo‘lishi mumkin.
AQSH HHK kelajakda B-21 bombardimonchi samolyotlarning sonini 157 tadan 225 taga ko‘paytirishni va “sovuq urush” davridagi samolyotlarning o‘rnini egallashni rejalashtirgan.
“B-1 va B-2 Spirit bombardimonchilari asta-sekin foydalanishdan chiqarib yuboriladi. B-52 samolyotlari sezilarli darajada modernizatsiya qilinadi”, deydi AQSH Harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Devid Naxom.
Samolyotning aniq imkoniyatlari to‘g‘risida AQSH havo kuchlari rasmiylari sukut saqlashmoqda. Mutaxassislar barcha samolyotlar yadroviy bo‘lishi yoki bo‘lmasligini haqida aniq ma’lumotga ega emas.
Ma’lumot uchun, B -21 bombardimonchilarining birinchi parvozi 2021 yil o‘rtalariga rejalashtirilgan. Biroq, nashr yangi bombardimonchi hali taqdim etilmaganligini ta’kidlamoqda.
Islomjon Omonjonov
LiveBarchasi