AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuch yuboradi

Olam

image

AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset Pentagonga Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborilishi bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida yozdi.

“Men Qo‘shma Shtatlarning Markaziy qo‘mondonligi mas’uliyatli zonaga qo‘shimcha kuchlar va vositalarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdim”, deb yozdi Xegset.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kuchlar AQSH Qurolli kuchlarini himoya qilish maqsadida yuboriladi. Pentagon rahbari ushbu harakat mintaqadagi mudofaa pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp barchani zudlik bilan Eron poytaxti Tehronni tark etishga chaqirgandi. Shuningdek, AQSH yetakchisi Yaqin Sharqda yuzaga kelgan vaziyat tufayli Milliy xavfsizlik kengashi a’zolarini Oq uyda yig‘ilish o‘tkazishni so‘ragan va Kanadada o‘tayotgan G7 sammitini vaqtli tark etgan.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Pit Xegset

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing