AQSH Yaqin Sharqdagi urushning kengayishiga tayyorlanmoqda – “Politico” 

Olam

image

Amerika ma’muriyati Yaqin Sharqdagi mojaroning kengayishi va uning butun mintaqaga tarqalishiga tayyorlanmoqda. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayanib, “Politico” xabar berdi.

So‘nggi bir necha kun ichida Iroq, Livan va Erondagi to‘qnashuvlar oqibatida mojaroning kengayishi ehtimoli ortib bormoqda. Bu AQSH ma’muriyati amaldorlarini Qo‘shma Shtatlar bir necha oy davomida oldini olishga harakat qilgan mojaro "rasmiy ravishda G‘azo sektori chegaralaridan tashqariga chiqib ketgan", deb ishontirmoqda.

Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, AQSH harbiylari Qizil dengizda savdo kemalariga bir necha bor hujum qilgan yamanlik husiylarga qarshi javob  rejasini ishlab chiqyapti. O‘z navbatida, razvedka xodimlari Iroq va Suriyadagi AQSH kuchlariga bo‘lajak hujumlarni prognoz qilish va oldini olishga, shuningdek, husiylarning bo‘lajak hujumlari uchun ehtimoliy nishonlarni aniqlashga harakat qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojaro kuchayib borayotgani nafaqat mintaqa xavfsizligiga, balki AQSH Prezidenti Jo Baydenning qayta saylanish imkoniyatlariga ham tahdid solmoqda. Nashrning qayd etishicha, 2024 yilda saylovchilar “ushbu saylovda asosiy tashqi siyosat masalasi – Amerika xorijiy mojarolarda qanchalik ishtirok etishi kerakligi haqida o‘z fikrini bildirishi” mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing