AQSH viza talabgorlarini saralash uchun maxfiy “filtr” joriy qildi – OAV

Olam

image

AQSH Davlat departamenti vaqtinchalik viza olish uchun ariza topshiruvchilarni tekshirishning yangi tartibini joriy etdi – endi ular ikkita majburiy savolga javob berishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Davlat departamentining ichki ko‘rsatmasiga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatmaga ko‘ra, AQSHdan vaqtinchalik viza olmoqchi bo‘lgan arizachilar konsullik xodimiga o‘z mamlakatida jabr ko‘rmagani va u yerga qaytishdan qo‘rqmasligini ma’lum qilishi kerak. Agar ular tasdiq javobini bersa yoki ushbu savollarning birontasiga javob berishdan bosh tortsa, viza rad etilishi ehtimoli sezilarli darajada ortadi.
 
Maqolada aytilishicha, Davlat departamenti AQSHning butun dunyodagi elchixona va konsulliklari xodimlariga tartibni o‘zgartirishni hamda ariza beruvchilardan uyga qaytishdan qo‘rqmasliklari haqidagi tasdiqni talab qilishni topshirgan. Endilikda bu suhbatni davom ettirish uchun majburiy shart hisoblanadi.

Shunday qilib, arizachilar konsulning quyidagi ikkita savoliga javob berishi shart:

  • Siz fuqaroligingiz bo‘lgan yoki oxirgi doimiy yashash joyingiz bo‘lgan mamlakatda zo‘ravonlik yoki shafqatsiz muomalaga duchor bo‘lganmisiz?
  • Fuqaroligingiz bo‘lgan mamlakatga qaytganingizda zo‘ravonlik yoki shafqatsiz muomalaga duchor bo‘lishdan qo‘rqasizmi?

Nashrning yozishicha, yangi tartib “viza olish jarayonida odamlar o‘z shaxsi haqida noto‘g‘ri ma’lumot berish” holatlarini kamaytirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH hukumati grin-karta lotereyasida ishtirok etish qoidalarini yangilashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza fil'tr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing