AQSH va Yevropa Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqishni boshladi

Olam

image

AQSH va Yevropa mamlakatlari Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda “Bloomberg” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, xavfsizlik kafolatlari Ukrainaga armiyasini va mudofaa salohiyatini hech qanday cheklovlarsiz mustahkamlash imkonini berishi kerak. Nashrning yozishicha, mualliflar Rossiyaning Ukraina Qurolli kuchlari sonini cheklash haqidagi talablarini chetlab o‘tishga harakat qilmoqda.

Rossiya ilgari Istanbuldagi muzokaralarda Ukrainaga memorandum taqdim etgan edi. Unda Qurolli kuchlar sonini cheklash, mamlakatning neytralligi va boshqa davlatlarning hududda harbiy faoliyat yuritishini taqiqlash nazarda tutilgan. Kiyev bu shartlarni “ultimatum” deb atagan.

Putin Tramp bilan Alyaskadagi uchrashuvdan so‘ng, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berilishi zarurligini tan olgan, ammo bunga Rossiya xavfsizligi ham ta’minlangandagina rozi bo‘lishini ta’kidlagan. Zelenskiy bilan uchrashuv bo‘yicha esa Putin “ma’lum sharoitlar” kerakligini qayd etgan.

Nashrning yozishicha, AQSH va Yevropa “ko‘ngillilar koalitsiyasi” deb ataluvchi, 30 dan ortiq davlatni o‘z ichiga olgan guruh tajribasidan foydalanadi. Ular kelgusida Ukrainaga ko‘p millatli kuchlar orqali xavfsizlik kafolatlari berishni rejalashtirmoqda, biroq aniq format hali belgilanmagan.

“The Wall Street Journal” ma’lumotiga ko‘ra, xavfsizlik kafolatlari to‘rt yo‘nalishni o‘z ichiga oladi – harbiy mavjudlik, havo mudofaasi, qurol-yarog‘ va otashkesimni nazorat qilish. AQSH bevosita qo‘shin yubormasdan, Yevropa “tinchlikparvar kuchlari”ga bilvosita harbiy yordam berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, kecha, 18 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng, Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning shaxsiy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralar Vengriyada o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Evropa Donal'd Tramp Ukraina xavfsizlik kafolatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing