AQSH va Yevropa Ittifoqi Xitoydan tovon to‘lashni talab qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi Xitoydan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun tovon to‘lashni talab qilmoqda. Mazkur talab Misrning Sharm-ash-Shayx kurort shahrida BMTning iqlim bo‘yicha COP27 sammitida ma’lum qilindi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Sammit doirasida 200 ga yaqin davlatdan kelgan muzokarachilar iqlim o‘zgarishidan jabr ko‘rgan qashshoq mamlakatlarga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va AQSHning asosiy talabi Xitoy va boshqa “katta ifloslantiruvchi davlatlar”ni jamg‘armaga imkon qadar ko‘proq hissa qo‘shishga majbur qilishdan iborat.

Qayd etilishicha, jamg‘arma faoliyatiga oid tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmagan. Ammo bu fond rivojlangan mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari kabi xususiy hamda davlat manbalari hissalari hisobiga tuzilishi aytilmoqda. 

Jamg‘arma birinchi navbatda eng zaif mamlakatlarga yordam berishga qaratilgan bo‘lsa-da, iqlim ofatlaridan jiddiy zarar ko‘rgan o‘rtacha daromadli mamlakatlar ham ko‘mak olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xabarda keltirilishicha, shartnoma tafsilotlari 2023 yilda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan iqlim konferensiyasining asosiy mavzusi bo‘lishi mumkin. Hozirgacha faqat bir nechta davlat katta to‘lov majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

355

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing