AQSH va YeI vakillari uchrashuvi ko‘ngildagidek o‘tmadi – FT

Olam

image

AQSH delegatsiyasi va Yevropa rasmiylari hamda elchilari o‘rtasida Rossiya-Ukraina mojarosini tartibga solish bo‘yicha uchrashuv “ko‘ngildagidek” o‘tmagan. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar kecha, 21 noyabr kuni Kiyevda AQSHning Ukraina ishlaridagi vakili Juli Devisning rezidensiyasida bo‘lib o‘tgan. AQSH Armiyasi vaziri Deni Driskollning elchilar va Yevropa Ittifoqi davlatlari rasmiylariga aytishicha, Amerika tomoni optimistik kayfiyatda bo‘lib, moslashuvchanlik ko‘rsatishni rejalashtirmayapti.

Uchrashuv ishtirokchilarining nashrga aytishicha, Driskoll yig‘ilishga kechikib kelgan va ko‘p haqoratli so‘zlardan foydalangan.

“Bizda tinchlik uchun kam vaqt bor — Prezident Tramp hozir tinchlik xohlaydi. Oshxonada qancha ko‘p oshpaz bo‘lsa, shuncha qiyin bo‘ladi”, deydi Driskoll.

Shuningdek, u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 27 noyabrigacha “Trampning tinchlik rejasini” imzolashi kerakligini ta’kidlagan.

“AQSH Qurolli Kuchlari Ukrainani yaxshi ko‘radi va uni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin amerikalik harbiylarning halol bahosiga ko‘ra, Ukraina juda qiyin vaziyatda”, deya qo‘shimcha qilgan u Yevropa rasmiylari bilan uchrashuvda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval kabinetida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda  Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning Rossiya bilan mojaro bo‘yicha tinchlik rejasini tasdiqlashga majbur va uning boshqa yo‘li ham yo‘qligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh uchrashuv EI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing