AQSH va uning sheriklari butunlay boshqa dunyoni rejalashtirmoqda – OAV
Olam
−
18 aprel 2022
17938Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilari uzoq muddatli strategiyasining bir qismi sifatida Rossiyani izolyatsiya qilish va zaiflashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 17 aprel kuni “The Washington Post” gazetasining birinchi sahifasida chop etilgan maqolada aytiladi.
Qayd etilishicha, AQSH ma’muriyati va uning Yevropadagi ittifoqchilari “butunlay boshqa dunyo”ni rejalashtirishni boshlagan, unda ular endi Rossiya bilan birga yashash va hamkorlik qilishga intilmaydi, balki uni yakkalab qo‘yish hamda zaiflashtirishga faol harakat qiladi.
Nashrning yozishicha, NATO va Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Davlat departamenti, Pentagon va Amerikaning boshqa tuzilmalari G‘arbning Moskva bilan munosabatlarining deyarli barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatadigan doktrinalarni ko‘rib chiqmoqda va yangi siyosatni amalga oshirish rejalarini ishlab chiqyapti.
“Ammo hamma ham Moskvaning uzoq muddatga yakkalanishi tarafdori emas. Misol, Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida “Milliy miting” partiyasidan nomzod Marin Le Pen NATO va Rossiyani murosaga chaqirdi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Germaniya ham ehtimoliy yaqinlashishni rag‘batlantirish maqsadida Kreml bilan muloqot tarafdori.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sanksiyalarga qaramasdan mamlakat yakkalanib qolmasligini, chunki uning do‘stlari ko‘pligini aytgan edi. U mamlakatni to‘liq blokada qilishning iloji yo‘qligini ham qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi