AQSH va Rossiya Turkiya oldidagi majburiyatini bajarmayapti – Chavusho‘g‘lu

Olam

image

AQSH va Rossiya Suriyadagi jangarilar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayapti. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu ma’lum qildi.

Vazir Suriyada YPG/PKK terrorchilariga qarshi ehtimoliy operatsiya hamda Suriya masalasida Rossiya Federatsiyasi va AQSH bilan aloqalar haqida berilgan savolga javob berar ekan, Prezident Erdo‘g‘anning bu borada kerakli bayonotlar berganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara AQSH bilan hamkorlikda hamfikr davlatlar yig‘ilishi yoki Suriyani xalqaro qo‘llab-quvvatlash guruhi o‘tkazish taklifini ilgari surgan, bu boradagi ishlar davom etmoqda. Turkiya TIV rahbariga ko‘ra, bunday shakldagi muzokaralar muntazam o‘tkazilyapti.

“Ilgari Ostona formati bor edi. Endi yangi uchrashuvga ehtiyoj bor. Biz bu xabarni Rossiyaga ham, Eronga ham yubordik. Siz guvohi bo‘lgansiz, Asad rejimiga bu haqda ayting: mojaroning harbiy yechimi yo‘q”, deya ta’kidlagan turkiyalik mansabdor.

Vazir Damashqdagi teraktlar, hukumat kuchlarining Idlibga qilgan hujumlari yangi konstitutsiya bo‘yicha muzokaralarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

“Bu jarayon yagona yechimdir. Ya’ni rejim va muxolifat muzokara stoliga o‘tirib, Suriya kelajagi borasida mushtarak bir qarorga kelishi kerak”, degan Chavusho‘g‘lu.

Turkiya TIV rahbariga ko‘ra, Asad kuchlari muammoni harbiy yo‘l bilan yechmoqchi, biroq bu noto‘g‘ri yo‘ldan voz kechish va siyosiy jarayonni qo‘llab-quvvatlash kerak.

Chavusho‘g‘lu Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligini ta’minlash tarafdori ekanini qo‘shimcha qilgan.

“RKK – barcha uchun tahdid. Faqat biz uchun emas, ular uchun ham. PKK/YPG terrorchilarining hujumlari soni ortdi. RF va AQSH jangarilarni [Turkiya chegarasidan] ortga surish majburiyatini bajarmayapti. Shuning uchun Anqara muammoni o‘z kuchlari bilan hal qiladi. Davlat rahbari ham bu haqda gapirdi”, degan vazir.

Chavusho‘g‘luning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarda bu masalani muhokama qilgan va Amerika yetakchisi Jo Bayden bilan uchrashuvda muhokama qilish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an Shotlandiyaning Glazgo shahrida o‘tkaziladigan iqlim bo‘yicha xalqaro konferensiyada Jo Bayden bilan uchrashishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing