AQSH va NATO harbiylari Rossiya chegarasiga yaqinlashib kelmoqda – Shoygu

Olam

image

AQSH va NATO o‘z qo‘shinlarini Rossiyaning Yevropa qismida joylashgan chegaralariga ko‘chirmoqda, asosiy jangovar salohiyat Qora dengiz va Boltiqbo‘yi mintaqasida to‘plangan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

“AQSH qo‘shinlari Shimoliy Amerikaning kontinental qismidan Atlantika okeani orqali Yevropaga ko‘chirilmoqda. Yevropadagi qo‘shinlar Rossiya chegaralari tomon harakatlanyapti. Asosiy kuchlar Qora dengiz va Boltiqbo‘yi mintaqasida to‘plangan”, deydi Shoygu. 

Rossiya Mudofaa vaziriga ko‘ra, NATO Rossiya chegaralari yaqinida 40 ming askar va 15 ming dona qurol va harbiy texnikani to‘playdi.

Avvalroq, Turkiya AQSH harbiy kemalari Qora dengizga kirishini ma’lum qilgandi. Ushbu kemalar Rossiyaning sohillari mavjud bo‘lgan Qora dengizda 14-15 apreldan 4-5 maygacha qoladi.

AQSH Mudofaa vazirligiga ko‘ra, harbiy kemalarni Qora dengizga yuborishdan maqsad – Rossiya bilan ziddiyatga borayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1368

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing