AQSH va Xitoyning ochiq aloqa kanallarini saqlab qolish masalasi muhokama qilindi
Olam
−
23 dekabr 2022
3010AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I kecha, 22 dekabr kuni telefon orqali gaplashib, ikki davlat o‘rtasidagi ochiq aloqa kanallaridan kengroq foydalanish, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat va pandemiya xavfini muhokama qildi. Bu haqda Davlat departamentining matbuot xizmati rahbari Ned Praysga tayanib TASS xabar berdi.
Ned Praysning so‘zlariga ko‘ra, davlat kotibi Rossiya-Ukraina atrofidagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirgan.
“Davlat kotibi ochiq muloqot kanallarini saqlab qolish hamda AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni mas’uliyatli boshqarish zarurligini muhokama qildi”, deydi diplomat.
Shuningdek, Blinkenning fikricha, “global xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka tahdidlar kuchaymoqda”.
“AQSH davlat kotibi va Xitoy Tashqi ishlar vaziri COVID-19 bilan bog‘liq mavjud vaziyatni muhokama qildi. Davlat kotibi xalqaro hamjamiyat uchun shaffoflik muhimligini ta’kidlagan”, deb ma’lumot berdi Prays.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi